AsosiyJamiyat

Sergelida mototransport va skuter to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi

YTH natijasida ikki nafar haydovchi vafot etdi.

'Sergelida mototransport va skuter to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

Voqea joriy yilning 8 iyun kuni soat 02:00 larda Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko‘chasida haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan Sh.X. boshqaruvidagi QJ Motors rusumli mototransport vositasi va haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan M.Z. boshqaruvidagi Drongo rusumli skuteri to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi. 

Ma’lumotga ko‘ra, YTH natijasida haydovchilar olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar