AsosiyJamiyat

Rossiyada migrantlar "OMON" tomonidan tahqirlanmoqda

O‘zbekistonning Moskvadagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ushbu masalani nazoratga olganligini aytmoqda.

'Rossiyada migrantlar "OMON" tomonidan tahqirlanmoqda'ning rasmi

Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari (OMON) tomonidan ushbu davlatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan xorij fuqarolariga nisbatan jismoniy kuch qo‘llangani aks etgan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Moskva shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi ushbu masalani nazoratga olgan.

Holat 2025 yil 8 iyun kuni Moskva shahri Sokolniki tumanida o‘tkazilgan tekshiruv tadbirlari chog‘ida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasining huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan rasmiy ma’lumot kutilmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, reyd yakunida hujjatlarida muammo aniqlangan 5–6 nafar shaxs ushlab qolinib, holatni aniqlash maqsadida ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.

Agar ushbu vaziyatda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud bo‘lsa, jumladan, ularga tan jarohatlari yetkazilgan, huquqlari buzilgan yoki boshqa muammolarga duch kelgan bo‘lsalar, holat yuzasidan Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasiga quyidagi aloqa raqamlari orqali murojaat qilishlari so‘raladi:

 Telefon: +7 925 045-47-44

    Boshqa yangiliklar