AsosiyDunyo

AQSHda noroziliklar kuchaymoqda

Tramp Los-Anjelesga qo‘shimcha harbiy kuchlar yubordi.

'AQSHda noroziliklar kuchaymoqda'ning rasmi

AQSHdagi antimmigratsion reydlarga qarshi norozilik namoyishlari fonida federal hukumat Los-Anjeles shahrida milliy gvardiya a’zolari sonini ikki barobar oshirdi.

Kaliforniya shtati gubernatori Geyvin Nyusomning ijtimoiy tarmoqdagi bayonotiga ko‘ra, hozirda shaharda 4000 nafar milliy gvardiyachi safarbar etilgan. Bundan tashqari, yana 700 nafar AQSH dengiz piyodalari (morpexlari) shaharga jo‘natilganini AFP agentligi xabar bermoqda.

Sobiq prezident Donald Tramp esa, agar namoyishlar davom etsa, shaharga yanada ko‘proq federal kuchlarni yuborish bilan tahdid qilgan. U shuningdek, "yuborilgan harbiylarga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgan namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilishi" mumkinligini aytib o‘tdi.

Noroziliklar davom etayotgan bir paytda CNN telekanali huquqni muhofaza qilish organlari namoyishlarni bostirishda rezina o‘qlar va shovqinli svet effektli granatalardan foydalanayotganini ma’lum qildi. Kechga yaqin huquq-tartibot kuchlari shahar ko‘chalarini tozalab, qolgan namoyishchilarni tarqatishga urinmoqda.

Kaliforniya gubernatori Geyvin Nyusom Trampning bu harakatlarini keskin qoralab, uni "antiamerikacha" deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH dengiz piyodalari xorijiy tahdidlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mamlakat ichkarisida ishlatilmasligi lozim.

"Bu – prezident-diktatorning tentakona orzusini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi harakatdir", – dedi Nyusom. Shuningdek, gubernator Trampning milliy gvardiyani o‘z boshqaruviga o‘tkazish haqidagi farmonini noqonuniy deb hisoblab, unga qarshi sudga murojaat qilishini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar