AsosiyJamiyat

Xorazmda korxona “tok”ni noqonuniy ishlatgani uchun katta miqdorda jarimaga tortildi

Ochiqlanishicha, holat yuzasidan 41,7 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanilgan.

'Xorazmda korxona “tok”ni noqonuniy ishlatgani uchun katta miqdorda jarimaga tortildi'ning rasmi

Xorazm viloyatida xususiy korxonasi tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 41,7 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar