AsosiyDunyo

"Tesla" haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirishga tayyorlanmoqda

Birinchi sinov sayohatlari Texasda 22 iyundan boshlanishi mumkin.

'"Tesla" haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirishga tayyorlanmoqda'ning rasmi

Amerikalik milliarder, Tesla va SpaceX kompaniyalari egasi Ilon Mask 22 iyun kuni haydovchisiz taksi (robotaksi) xizmatini ishga tushirish rejalarini e’lon qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, haydovchisiz elektromobillarda birinchi sinov sayohatlari Texasning Ostin shahrida boshlanishi mumkin.

"Biz xavfsizlik masalalariga juda ehtiyotkorlik bilan yondashamiz, shuning uchun ishga tushirish sanasi o‘zgartirilishi mumkin," - dedi u.

Amerika ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, yangi xizmatning ishga tushirilishi investorlar, Uoll-strit tahlilchilari va avtomobil ishqibozlari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘tgan oyda Mask CNBC telekanaliga bergan intervyusida robotaksilar dastlabki bosqichda masofadan turib boshqarilishini va faqat eng xavfsiz deb topilgan qat’iy cheklangan hududlarda harakatlana olishini ta’kidlagan.

    Boshqa yangiliklar