Rossiya harbiy asirlarga inson huquqlaridan mahrum qilingan shaxslar sifatida munosabat ko‘rsatmoqda. Bu haqda xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassis, professor Gleb Bogush “DW Novosti Shou” dasturida ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Rossiyada ukrain harbiy asirlari ko‘pincha targ‘ibot vositasi sifatida foydalaniladi – bu esa, xalqaro gumanitar huquq, xususan, 1949-yilgi Jeneva konvensiyalariga zid bo‘lib, asirlarni “ommaviy tomoshabin qiziqishidan” himoya qilishni talab qiladi.
Shuningdek, Bogush ukrainalik tomonni ham tanqid qildi:
“Urush boshida Rossiya harbiy asirlari bilan intervyular berilishi yoki ularning jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi kabi holatlar kuzatilgan. Bu ham konvensiyalarni buzishdir. Biroq Ukraina bu borada ijobiy o‘zgarishlar qildi, Rossiyada esa bunday siljishlar yo‘q”, – deydi u.
Ekspert fikriga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat Jeneva konvensiyalarining mazmunini doimiy eslatib borishi zarur:
“Xususan, yangi xalqaro orderlar chiqarilishi lozim. Bu – jazodan qochib bo‘lmasligini eslatadi. Bu jinoyatlar ortida turgan aniq shaxslar bor – ular qiynoqlarga buyruq bergan, ularni muvofiqlashtirgan”.