AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainaga yana zarba berdi

Hujum ortidan kamida 11 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola jabrlangan.

'Rossiya Ukrainaga yana zarba berdi'ning rasmi

Rossiya Ukrainaga yana hujum qildi. Bu haqda “DW” yozmoqda.

Qayd etilishicha, Xarkov viloyatining Shevchenkovskiy va Saltovskiy tumanlariga 10 dan ortiq dron hujum qilgan.

Shahar meri Igor Terexovning so‘zlariga ko‘ra, turar-joylar, ta’lim muassasalari, bolalar bog‘chalari va boshqa infratuzilmalar o‘qqa tutilgan. Kamida 11 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola jabrlangan.

Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning aniqlik kiritishicha, yaradorlar orasida ikki yoshli o‘g‘il bola, 12 yoshli qiz, 16 yoshli va 17 yoshli qizlar bor.

Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, Xarkovning Saltov tumani ham o‘qqa tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni kechqurun Rossiya qo‘shinlari Xarkovga "Molniya" uchuvchisiz uchog‘i bilan zarba bergan edi.

    Boshqa yangiliklar