AsosiyJamiyat

Ilk bor Toshkent–Alanya–Toshkent yo‘naliishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi

Uzbekistan Airways parvozlarni ta’minlash uchun barcha zarur ruxsatnomalarni olgan.

'Ilk bor Toshkent–Alanya–Toshkent yo‘naliishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi'ning rasmi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Asialuxe Travel turoperatori bilan hamkorligi natijasida yo‘lovchilar uchun Toshkent – Alanya – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent-Alanya-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar ilgari hech qachon amalga oshirilmagan. Parvozlarni ta’minlash uchun Uzbekistan Airways aviakompaniyasi barcha zarur ruxsatnomalarni oldi, parvoz ekipaji esa ushbu hududda va belgilangan aeroportda parvozlarni amalga oshirish uchun to‘liq malakaviy tayyorgarlikdan o‘tkazildi.

"Uzbekistan Airways birinchi bo‘lib Alaniyaga reys ochganidan faxrlanamiz. Bu juda ko‘p mashaqqatli mehnat natijasi: ruxsatnoma olishdan tortib, ekipajlarni o‘qitishgacha. Ishonchimiz komilki, parvoz mashhur bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi turizmni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi", - deya izoh berdi Uzbekistan Airways AJ matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar