AsosiyJamiyat

Toshkentda 2 nafar yigit nogiron bolaning pullarini olib qochib, talonchilik qildi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

'Toshkentda 2 nafar yigit nogiron bolaning pullarini olib qochib, talonchilik qildi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar shaxs piyoda ketayotgan fuqaroning qo‘lidagi sumkasini tortib olib, hodisa joyidan qochib ketganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, holat joriy  yilning 12 iyun kuni taxminan soat 18:15 atrofida Shayxontohur tumanida joylashgan dehqon bozoridagi avtoturargohda 1997 yilda tug‘ilgan B.S. va 2000 yilda tug‘ilgan X.A. piyoda ketayotgan 2003 yilda tug‘ilgan K.X.ga nisbatan talonchilik sodir etgan. Uning qo‘lidagi qora rangli paket va ichidagi pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, voqea  joyidan qochib ketgan. 

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 166-moddasi 3-qismi "v" bandi bilan ("talonchilik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar