AsosiyJamiyat

Andijonda "Metan zapravka" 2,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irladi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Andijonda "Metan zapravka" 2,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irladi'ning rasmi

Andijon viloyatida 2,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan zapravka" aniqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyatning Paxtaobod tumanida joylashgan “M. M. A.” MCHJ'ga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida gaz hisoblash uskunasining impuls naychasiga tashqi ta’sir o‘tkazilgani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 541 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

“Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda korxona 3 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazni o‘g‘irlangan endi.

So‘ng mazkur noqonuniy holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 

    Boshqa yangiliklar