13 iyun kuni Isroilning Eronga zarbalari boshlanganidan beri Eronning javob hujumlari natijasida uylariga zarar yetkazilgani sababli Isroilda 8 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Eron zarbalari oqibatida uylariga zarar yetgan jami 8 190 kishi evakuatsiya qilingan.
Bundan tashqari, 30 mingga yaqin kishi komissiyaga uylari, avtomobillari, shaxsiy buyumlari yoki jihozlariga zarar yetkazilgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.