AsosiyJamiyat

Toshkentdagi tergov hibsxonasida mahbuslar og‘ir sharoitda saqlanayotgani aniqlandi

Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar soni belgilangan me’yordan oshib ketgan.

'Toshkentdagi tergov hibsxonasida mahbuslar og‘ir sharoitda saqlanayotgani aniqlandi'ning rasmi

Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, voyaga yetmaganlar kameralaridagi sharoitlar belgilangan standartlarga mosligi, ularning yotog‘i, ovqatlanishi, saqlanishi sharoitlari hamda sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq talablarning ta’minlanishi darajasi o‘rganildi.

Monitoring davomida jinoyat ishi tergov va sud bosqichida ekanli yuzasidan hibsxonada saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan jamoaviy suhbat,  bir nechtasi bilan esa alohida individual muloqot qilinib, tergov va sud jarayonlarida ularning protsessual huquqlari qay darajada ta’minlangani hamda muassasada ularga qilinayotgan muomalaga doir fikrlari tinglandi.

Jumladan, bolalar tergov davrida protsessual buzilishlarga yo‘l qo‘yilgani, advokat tomonidan malakali yuridik xizmat ko‘rsatilmagani holatlari haqida bildirdi.

Bolalar ombudsmani voyaga yetmaganlarning ushbu murojaatlarini tegishli tartibda o‘rganishni boshladi. Hibsxonada voyaga yetmaganlar uchun kutubxona, sport maydonidan tashqari tibbiy muolaja kabinetlari — stomatologiya, rentgen, UTT (ultratovush tekshiruvi) xonalarida shifokorlarning zaruriy tibbiy xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, muassasada mahbuslar onlayn xaridi uchun maxsus elektron moslama o‘rnatilgan bo‘lib, ular o‘zlariga kerakli bo‘lgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarini buyurtma asosida xarid qilish imkoniyati ham yaratilgan.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida aniqlanishicha, tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar soni belgilangan me’yordan oshgan bo‘lib, bu mahbuslarni saqlash sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar kameralarida qator kamchiliklar aniqlanib, xususan, aksariyati ta’mirtalab ahvolda ekani, kameralar ichidagi ayrim jihozlar saqlanayotganlarning soniga mos ravishda emasligi ma’lum bo‘ldi.

Monitoring jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan yuqori turuvchi mutasaddi organlarga Bolalar ombudsmanining tegishli ta’sir hujjatlari kiritiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:07

    O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirda

    O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi.

    'Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:52

    'Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:24

    Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

    22 iyun kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Farg‘onada ayol 250 gr oltinni jinsiy a’zosiga yashirib olib o‘tishga urindi'ning rasmi

    Jamiyat 21.06.2025 19:55

    Farg‘onada ayol 250 gr oltinni jinsiy a’zosiga yashirib olib o‘tishga urindi

    Ayolning hiylasi ish bermadi. Aeroportda qo‘lga tushdi.

    'Sergelida bir guruh ayollar mushtlashdi'ning rasmi

    Jamiyat 21.06.2025 18:47

    Sergelida bir guruh ayollar mushtlashdi

    Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

    'Eron-Isroil mojarolari oqibatida 400 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.06.2025 17:40

    Eron-Isroil mojarolari oqibatida 400 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytildi

    Eronning Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishida odamlar Isroil hujumlarini qoralash uchun shiorlar aytmoqda.