AsosiySiyosat

Mirziyoyev Mo‘g‘uliston yetakchisi bilan nimani kelishib oldi?

Ikki davlat rahbari keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

'Mirziyoyev Mo‘g‘uliston yetakchisi bilan nimani kelishib oldi?'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘uliston bo‘lgan tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisining Mo‘g‘ulistonga ilk tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab bergan. Va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochgan.

Davlat rahbari kecha Ulan-Bator shahrida Prezident Uxnaagiyn Xurelsux bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazgan.

Amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va sanoat sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Prezidentlar rafiqalari bilan ikki mamlakat san’at ustalarining qo‘shma konsertida ishtirok etdilar.

Bugun davlat rahbari rafiqasi bilan "Ix Tenger" majmuasiga tashrif buyurdi. Prezidentlar va birinchi xonimlar birgalikda daraxt ekdilar. An’anaviy "Naadam" o‘yinlari tomosha qilindi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi.

Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

    Boshqa yangiliklar