AsosiyJamiyat

Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi

Natijada shaharda tirbandlik 50 foizgacha kamayishi mumkin.

'Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi'ning rasmi

Toshkent ko‘chalarida harakat xavfsizligini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yo‘l transport hodisalarining oldini olish va shaharda tirbandliklarni barvaqt prognoz qilishga qaratilgan Kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi yaratildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, markazga tatbiq etilgan intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatish, tahlil qilish va intellektual boshqarishga imkoniyat yaratib beradi. Natijada shaharda tirbandlik 50 foizgacha kamayishiga, avtomobil yo‘lovchilarining vaqtini tejash, yo‘llardagi baxtsiz hodisalar soni kamayishi, favqulodda xizmatlar harakatini tezlashtirish hamda qaror qabul qilishda aniq statistika orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir jarayonida Toshkent shahar hokimi tomonidan yo‘l-patrul xizmatiga 20 dona, patrul post xizmati uchunmaxsus jihozlangan 20 dona Cobalt rusumli yangi xizmat avtomobillari topshirildi. Ushbu avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan maxsus vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularga o‘rnatilgan kameralar vaziyatlar markaziga integratsiya qilingan.

Ushbu avtomashinalarda o‘rnatilgan zamonaviy kameralar qidiruvdagi shaxslar, olib qochilgan transport vositalari, jamoat xavfsizligiga tahdid qoluvchi holatlar haqida markazga xabar yuborish imkoniyati mavjud. Markaz esa bir vaqtning o‘zida barcha xizmat avtomobillaridagi kameralarni masofadan turib boshqarishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida hokimlik yerini 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:55

    Toshkent viloyatida hokimlik yerini 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    U kelishilgan puldan 50 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    'O‘zbekiston yil boshidan buyon 6,5 mlrd dollarlik oltin eksport qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:28

    O‘zbekiston yil boshidan buyon 6,5 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

    Qimmatbaho metall mamlakat eksportining deyarli 44 foizini tashkil etdi.

    'O‘zbekistonda aliment miqdorini ko‘paytirish taklif etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:58

    O‘zbekistonda aliment miqdorini ko‘paytirish taklif etildi

    Aliment hozirgi iste’mol xarajatlarining yarmiga ham yetmasligi aytildi.

    'Bugun – haqiqat va mas’uliyat bayrami!'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:56

    Bugun – haqiqat va mas’uliyat bayrami!

    Darakchi.uz jamoasi barchangizni ushbu qutlug‘ sana bilan chin dildan tabriklaydi!

    'Andijonda nasos stansiyasidagi qoidabuzarlik ortidan davlatga qariyb 500 mln so‘zlik zarar yetkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:29

    'Prezident bir guruh jurnalistlarni mukofotladi'ning rasmi

    Jamiyat 26.06.2025 20:14

    Prezident bir guruh jurnalistlarni mukofotladi

    Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan mukofotlangan jurnalistlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing.