Xorazm viloyati Urganch shahri Xojiboylar mahallasida yashagan 2 yoshli Ro‘zimetov Maqsadbek Maxmud o‘g‘li qidirilmoqda, deya xabar bermoqda Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmati.
Joriy yilning 23 iyun kuni ota-onasi bilan Zomin tumani "Duoba" QFYga kelgan Maqsadbek shu kuni soat 19:30 larda noma’lum tomonga chiqib ketib yo‘qolgan.
Maqsadbek Ro‘zimetov oq katakcha ko‘ylak, jigarrang shortik va yozgi oyoq kiyimda bo‘lgan.
Alohida belgilari: yuzlari dumaloq, ko‘zlari qora, sochlari sariq, bo‘yi 70-75 sm, tishlari tabiiy.
"Maqsadbekni ko‘rgan-bilganlar va u haqda ma’lumotga ega bo‘lgan yurtdoshlarimizdan ichki ishlar organlari xodimlariga yoki 99-129-02-02, 77-025-00-25, 99-571-65-30, 72-392-20-02 telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi", - deyiladi xabarda.
Xabar bergan kishining shaxsi sir tutiladi va 20.000.000 so‘m pul bilan mukofotlanadi.