AsosiyJamiyat

Telegramda narkotik modda sotgan guruh ushlandi

Guruhning 5 nafar a’zosi qo‘lga olingan.

'Telegramda narkotik modda sotgan guruh ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ijara asosida yashab kelayotgan, “Telegram” messenjeri orqali giyohvandlik vositalari savdosini amalga oshiruvchi narkodo‘konning 5 nafar a’zosi qo‘lga olindi.

Ular 400 gr “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasini 0,3 grammdan qadoqlagan holda Andijon viloyatidagi mijozlarga yetkazish maqsadida olib ketayotganliklari ma’lum bo‘ldi.

Qo‘lga olingan shaxslarning ko‘rsatmasi asosida, ular tomonidan Andijon viloyatidagi 53 ta xufiya joyga joylashtirilgan har biri 0,3 grammdan bo‘lgan “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkodo‘kon operatori vazifasini bajaruvchi, Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi, 2003 y.t. shaxs Yangihayot tumani hududida ushlanib, unga tegishli avtomashinaning yukxonasi va salon qismidan 986 gr “gashish” moddasi hamda 7 kg “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi olindi. 

Ta’kidlash lozimki, narkoguruh a’zolari mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan giyohvandlik vositalarini Toshkent shahri hamda Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro viloyatlarida sotish bilan shug‘ullanishgan.

Hozirda ularning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    'Ohangaron "Enco Group": kabeldan eksportgacha – 60 million dollarlik loyiha ishga tushmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:45

    Ohangaron "Enco Group": kabeldan eksportgacha – 60 million dollarlik loyiha ishga tushmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi “Enco Group” korxonasida yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

    'Oʻzbekistonga erkak turistlar koʻproq kelganmi yoki ayollar?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:09

    Oʻzbekistonga erkak turistlar koʻproq kelganmi yoki ayollar?

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda jami 11,7 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

    '"Qamchiq" va Chimyon tog'larida qor ko'chkilari kuzatildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:45

    "Qamchiq" va Chimyon tog'larida qor ko'chkilari kuzatildi

    12 fevral kuni kechki soatlarda Namangan viloyati hamda Toshkent viloyatining togʻli hududlarida qor koʻchkilari sodir boʻldi.

    'Andijon, Toshkent va boshqa hududlarda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:24

    Andijon, Toshkent va boshqa hududlarda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi

    Bir necha hududda giyohvandlik va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar savdosi bilan bog'liq holatlar fosh etildi.

    'Umraniyada yana bir o‘zbekistonlik ayol bo‘laklangan holda o‘ldirilgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:02

    Umraniyada yana bir o‘zbekistonlik ayol bo‘laklangan holda o‘ldirilgani aytilmoqda

    Durdonа Hakimova ishi doirasida ikkinchi qurbon — 32 yoshli Sayyora Ergashaliyeva aniqlandi.