O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasining ma’lum qilishicha, qidiruvda bo‘lgan A.A. O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosi, Varshavadagi O‘zbekiston elchixonasi hamda ushbu mamlakatning tegishli idoralari hamkorligida qaytarilgan.
O‘zbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanayotgan A.A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan.
Shuningdek, elchixona barcha fuqarolarni qayerda bo‘lishidan qat’i nazar qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqirgan.