Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahri va Qo‘shko‘pir tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro A.I. fuqaro B.K.dan 6 200 AQSH dollarini 77,7 mln so‘mga, fuqarolar B.A. va M.A. fuqaro U.E.dan 4 100 AQSH dollarini 51,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Namangan va Davlatobod tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro A.A. fuqaro I.Yu.dan 3 600 AQSH dollarini 45,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida, fuqaro A.A. 4 000 AQSH dollarini 50,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.