AsosiyJamiyat

O‘zbekiston uchun Karachi porti orqali xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyati ochildi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Pokistondagi O‘zbekiston elchixonasi hamkorligida tadbirkorlar delegatsiyasining Karachi portiga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.

'O‘zbekiston uchun Karachi porti orqali xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyati ochildi'ning rasmi

Tashrifning asosiy maqsadi — o‘zbek mahsulotlarini va brendlarini xalqaro bozorlarga chiqarishda Karachi porti orqali eksport imkoniyatlarini kengaytirish, logistika sharoitlarini yaxshilash va yangi hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Karachi porti — Pokistonning eng yirik dengiz porti va Janubiy Osiyodagi asosiy logistika markazi. U orqali millionlab tonna yuk Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika bozorlariga yetkaziladi. Shu jihatdan, port O‘zbekiston uchun muhim strategik ahamiyatga ega.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi port ma’muriyati va logistika kompaniyalari bilan uchrashib, infratuzilma, bojxona, tranzit va yuk tashish tartiblari bo‘yicha aniq ma’lumotlar oldi. Port rahbariyati o‘zbek mahsulotlarini qabul qilish va qayta yuklash uchun barcha sharoitlar mavjudligini ta’kidladi.

Muzokaralarda O‘zbekiston tovarlari uchun port hududida maxsus ombor tashkil etish taklifi ilgari surildi. Bu tashabbus:

mahsulotlarni vaqtincha saqlash va jo‘natishni yengillashtiradi,

tranzit jarayonlarini soddalashtiradi,

logistika xarajatlarini kamaytiradi,

xalqaro bozorlarga chiqishni jadallashtiradi.

Port ma’muriyati to‘qimachilik, meva-sabzavot, charm, kimyo va qurilish materiallariga yuqori qiziqish bildirib, ularning xalqaro raqobatbardoshligini qayd etdi.

Shuningdek, tadbirkorlarga konteyner parki, raqamlashtirilgan bojxona va yuk kuzatuv tizimlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Karachi portiga tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bilan birga, O‘zbekiston tovarlari uchun yangi eksport yo‘llarini ochishda muhim qadam bo‘ldi. Savdo-sanoat palatasi bu yo‘nalishda amaliy ishlar boshlanganini ma’lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda xonadon yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 00:22

    Toshkentda xonadon yonib ketdi

    Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    'Buxoroda noqonuniy baliq ovlagan 2 fuqaro qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 29.06.2025 18:35

    Buxoroda noqonuniy baliq ovlagan 2 fuqaro qo‘lga tushdi

    Ular bu ishi bilan tabiatga 3,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.

    'Xorazm va Namanganda "valyutchik"lar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 29.06.2025 17:32

    Xorazm va Namanganda "valyutchik"lar qo‘lga tushdi

    Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganlar ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 29.06.2025 16:33

    'Toshkentdan Chorvoqqa zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat 29.06.2025 10:49

    Toshkentdan Chorvoqqa zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    Qatnov 1 iyuldan boshlanadi. Narxi 25 ming so‘m. To‘lovlar naqd pul va bank kartalari orqali amalga oshirilishi mumkin.

    '1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?'ning rasmi

    Jamiyat 29.06.2025 09:36

    1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?

    1 iyuldan boshlab qonunchilikda bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan tanishing.