Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida “dostavkachi” yigitni zo‘rlagan 2 ayol 15 sutkaga qamaldi kabi xabar tarqaldi. Bunga Oliy sud Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidov munosabat bildirdi.
Abidovga ko‘ra, ayrim manbalarda tarqalayotgan “Chilonzorda “dostavkachi” yigitni zo‘rlagan 2 ayol 15 sutkaga qamaldi” kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuningdek, Oliy sud Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari fuqarolarni bu kabi “feyk” ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirgan.
Bundan tashqari, u axborot resurslaridan haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan. Va yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tgan.