AsosiyJamiyat

O‘rikzordagi “Stroy Gorod” bozori nega yopildi?

Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

'O‘rikzordagi “Stroy Gorod” bozori nega yopildi?'ning rasmi

Bugun, 1 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan O‘zikzor “Stroy Gorod” qurilish bozori elektr tarmog‘idan noqonuniy ravishda uzilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan mutasaddilar rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur bozorga tegishli savdo binolari va xonalarda yong‘inga qarshi talablar qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan. Shu bois, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 13 iyundagi qaroriga asosan, “OZIQ-OVQAT STANDART KARTON” MCHJga qarashli bozorning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

27 iyundan boshlab bozor faoliyati to‘liq to‘xtatilgan bo‘lib, bu qaror Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.

Maqsad — aniqlangan yong‘inga qarshi kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunicha fuqarolar xavfsizligini ta’minlash.

    Boshqa yangiliklar