AsosiySiyosat

O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini yil boshidan buyon 70 foizga oshirdi

O‘zbekiston yanvar-may oylarida 261,85 mln dollarlik gaz eksport qilgan.

'O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini yil boshidan buyon 70 foizga oshirdi'ning rasmi

2025 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston import qilganiga nisbatan biroz ko‘proq gaz eksport qilgan. Bu haqda Uzdaily.uz xabar berdi

Dastlabki besh oy davomida O‘zbekiston Turkmaniston va Rossiyadan 285,5 mln dollarlik "ko‘k yoqilg‘i" xarid qilgan. Bu esa gazning importdagi o‘tgan yilgi ulushidan ikki baravardan ham ko‘proqqa qisqarib ketganini ko‘rsatadi.

Yanvar oyida tabiiy gaz yetkazib berish 27,8 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, fevral oyida 8 mln dollargacha, mart oyida esa 2,7 mln dollargacha kamaydi. Aprel oyida esa gaz importi 112 mln dollargacha ko‘tarildi, may oyida 135 mln dollarga yetdi.

Yil boshidan beri Xitoyga gaz eksporti 62,7 foizga ko‘payib, 288 mln dollarga yetdi. Jumladan, yanvar oyida Xitoyga 21,8 mln dollarlik, fevralda 20,2 mln dollarlik, martda 52,3 mln dollarlik, aprelda 105,4 mln dollarlik, mayda esa 88,3 mln dollarlik gaz yetkazib berildi.

Biroq, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlaridan biroz farq qiladi, unga ko‘ra O‘zbekiston yanvar-may oylarida 261,85 mln dollarlik gaz eksport qilgan, bu o‘tgan yilning shu ko‘rsatkichidan 70 foizdan ko‘proqdir.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berishning oylik hajmi 64,4 foizga — aprel oyidagi 72,24 mln dollardan 118,78 mln dollargacha (2024 yil may oyiga nisbatan qariyb 40 dollarga o‘sish) oshganini ma’lum qildi.

Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha yetakchilik Rossiyaga tegishli bo‘lib, u joriy yilning dastlabki besh oyida 4,06 mlrd dollarlik ko‘k yoqilg‘i yetkazib bergan. Ikkinchi o‘rinda  3,53 mlrd dollar bilan Turkmaniston turmoqda. Keyingi o‘rinlarda Myanma (663,7 mln dollar), Qozog‘iston (383,8 mln dollar), shuningdek, kichik hajmdagi eksport bilan AQSH va Italiya joylashgan.

    Boshqa yangiliklar