AsosiyJamiyat

Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

Farg‘onada 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingan Malibu-2 mashinasi Akmal Ahmedovning yaqin qarindoshiga tegishli bo‘lib chiqdi.

'Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

"Tizimni ta’magirlik, poraxo‘rlik singari illatlardan tozalash ishlari olib borilayotgan bir paytda, boshqarma boshlig‘i yaqin qarindoshiga tegishli bo‘lgan Malibu-2 avtomashinasida sodir etilgan qoidabuzarliklarni qonunga zid ravishda yashirishga uringani fosh etilgan", deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Hozirda mazkur qonunbuzarlikka to‘liq huquqiy baho berish uchun qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Malibu rusumli 40 081 SBA davlat raqamli avtotransport vositasida sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar to‘liq undirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda yer qimirladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:40

    O‘zbekistonda yer qimirladi

    Epitsentrda zilzilaning sezilish kuchi 4 ball bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:40

    'Perevalda 3 kundan beri yong‘in bo‘layotgani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:38

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:18

    'Toshkentda yangi firibgarlar: "masjid qurilishi", "nogironlarga yordam"...'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:18

    Toshkentda yangi firibgarlar: "masjid qurilishi", "nogironlarga yordam"...

    Poytaxtda fuqarolarni aldab pul yig‘ayotgan uch nafar shaxs qo‘lga tushdi.

    'Tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:13