AsosiyDunyo

Tramp Putinga urushni to‘xtatish uchun 50 kun muhlat berdi

Aks holda AQSH 100 foizlik boj va yangi qurollar bilan Rossiyaga javob qaytaradi.

'Tramp Putinga urushni to‘xtatish uchun 50 kun muhlat berdi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyani Ukrainadagi urushni 50 kun ichida to‘xtatishga chaqirdi. Aks holda, Moskvaning qolgan savdo hamkorlariga ham 100 foizlik ikkilamchi bojlar joriy qilinishini ma’lum qildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

“Putin bilan to‘rt marta kelishib olgandek bo‘ldik, lekin har safar murosa buzildi,” dedi Trump NATO bosh kotibi Mark Rutte bilan uchrashuvda.

Tramp shuningdek, NATO orqali Ukrainaga zamonaviy qurol-yarog‘lar, jumladan, Patriot havo mudofaasi tizimlari yuborilishini ham e’lon qildi. Bu kelishuv “minglab qurollar”ni o‘z ichiga oladi va Trampning Ukrainaga yordam borasidagi oldingi shikoyatlariga javob bo‘lishi kutilmoqda.

Biroq Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar rahbari Kaja Kallas 50 kunlik muhlatni tanqid qilib, “har kuni begunoh insonlar halok bo‘layotgan bir paytda bu juda uzoq muddat,” degan.

 Rossiya sharqiy Ukrainaning ikki qishlog‘ini egallaganini ma’lum qildi va havo hujumlari natijasida kamida uch nafar tinch aholi halok bo‘lgan

    Boshqa yangiliklar