AsosiyDunyo

Yevropa diplomatiyasining rahbari Trampni tanqid qildi

Kaya Kallas Ukraina bo‘yicha e’lon qilingan “50 kunlik muhlat”  bo‘yicha gapirdi.

'Yevropa diplomatiyasining rahbari Trampni tanqid qildi'ning rasmi

Yevropa diplomatiyasining rahbari Kaya Kallas AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan qat’iy pozitsiyasini ijobiy baholadi, biroq Ukraina bo‘yicha e’lon qilingan “50 kunlik muhlat”ni tanqid qildi.

 

“Trampning Rossiyaga nisbatan keskin yondashuvi — ijobiy signal. Ammo har kuni begunoh odamlar o‘layotgan bir paytda 50 kun — juda uzun vaqt. Biz hammamiz Rossiyaga bosimni kuchaytirishimiz kerak, toki u ham tinchlikni istasin”, — deydi Kalas.

 

14 iyul kuni NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda Tramp Rossiyaga Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishish uchun 50 kunlik muhlat berganini aytdi. Aks holda, u Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan 100 foizli ikkilamchi sanksiyalar joriy qilish bilan tahdid qildi.

 

Shuningdek, Tramp AQSH Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlari yuborish rejasini tasdiqladi. Kalas esa AQSHdan ham Yevropa davlatlari kabi harbiy yordam kutayotganini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar