AsosiyDunyo

Tramp Zelenskiyga Moskva va Peterburgga zarba berish imkonini taklif qildi

Avvalroq ham Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukraina rahbariga bu taklifni oshkor gapirgandi.

'Tramp Zelenskiyga Moskva va Peterburgga zarba berish imkonini taklif qildi'ning rasmi

“The Washington Post” ma’lumotiga ko‘ra, Donald Tramp 11 iyul kuni Ukraina uchun uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqqan. Bu raketalar avval AQSH tomonidan Eron hududiga zarba berishda ishlatilgan. Biroq, yakuniy qurol ro‘yxatiga ular kiritilmagan.

Nashrga ko‘ra, Tramp o‘tgan hafta Zelenskiy bilan suhbat chog‘ida: “Nega sizlar Moskvaga zarba bermaysizlar?” degan savolni bergan.

Zelenskiy esa bunga: “Agar siz bizga kerakli qurolni bersangiz, biz zarba bera olamiz”, deb javob bergan. Tramp, o‘z navbatida, Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun Sankt-Peterburgni ham nishonga olish mumkinligini aytgan.

Bundan tashqari, Pentagon manbasining xabar berishicha, AQSH yaqin orada Ukraina ixtiyoridagi ATACMS raketalarini to‘liq masofaga — 300 kmgacha ishlatishga ruxsat berishi mumkin.

Bu masofa Moskvani nishonga olish uchun yetarli bo‘lmasa-da, Rossiyadagi harbiy bazalar va aerodromlarga zarba berish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar