AsosiyJamiyat

Toshkentda haydovchilik guvohnomasi uchun pora olgan inspektor qo‘lga olindi

Mansabdor 1500 AQSH dollari va 1,9 mln so‘m bilan ushlangan.

'Toshkentda haydovchilik guvohnomasi uchun pora olgan inspektor qo‘lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining patrul-post xizmati inspektori haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Darakchi.uz xabar berdi.

U, xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning ishonchiga kirgan va uning Navoi viloyatida yashovchi tanishini davlat imtihonidan o‘tkazib, guvohnoma olib berishini va’da qilgan.

Tezkor tadbir Toshkent shahar DXX boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 1500 dollar va kirish imtihoni uchun so‘ralgan 1 mln 900 ming so‘mni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar