Hukumat qaroriga asosan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga 2 mln 250 ming so‘m (BHMning 6 baravari) miqdorida bir martalik moddiy yordam tayinlash tartibi belgilandi.
Ariza “E-probatsiya”axborot tizimi orqali yuboriladi. Ozodlikka chiqqan shaxs bir oy ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘limlariga shaxsan murojaat qilishi lozim.
To‘lovni olish uchun tijorat banki haqidagi ma’lumot taqdim etiladi. Nafaqa tayinlangani haqida fuqaro bir ish kunida xabardor qilinadi.
Moddiy yordamni olish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki jazoni o‘tagani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan bankka murojaat qilish kifoya.