Shu munosabat bilan bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi harbiy xizmatchilari va kursantlari tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan 330-sonli umumta’lim maktabida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” bilan hamohang tarzda tashkil etildi.
Unda Akademiya kursantlari, maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida bolalarga:
— Yong‘in xavfsizligi qoidalari,
— Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish,
— Birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish,
— Yozgi mavsumda xavfsiz cho‘milish qoidalari,
— Va bolalar sho‘xligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish kabi mavzularda amaliy va nazariy ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar maxsus texnika, himoya vositalari va favqulodda vaziyatlarda foydalaniladigan anjomlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Kursantlar tomonidan tashkil etilgan qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar va arqon tortish musobaqalari esa bolajonlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir yakunida mutaxassislar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdi. Ma’lum qilinishicha, bunday profilaktik tadbirlar Akademiya tashabbusi bilan boshqa hududlarda ham davom ettirilmoqda.