Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.” Fermer xo‘jaligi ishchisi T.X. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 215,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Koson tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar H.G‘. va S.T. o‘zlariga tegishli yer maydonlaridagi ekinlarni sug‘orish maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 160,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.