Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 1985 yilda tug‘ilgan, ilgari sudlangan fuqaroning yashash xonadonidan 90 mingdan ortiq turli nomdagi chet elda ishlab chiqarilgan ozdiruvchi kofelar aniqlandi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xulosasiga ko‘ra, ushbu mahsulotlar tarkibida “sibutramin” mavjud — bu moddalar Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi qaroriga ko‘ra kuchli ta’sir qiluvchi modda sifatida ro‘yxatga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dori vositalarining mamlakatga qanday olib kirilgani yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.