AsosiyDunyo

“Tomorrowland”da qo‘lga olingan ikki isroillik askar – harbiy jinoyat ishi yuzasidan tergov boshlandi

Bu voqea xalqaro maydonda G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar uchun javobgarlik masalasiga yangicha e’tibor qaratdi.

'“Tomorrowland”da qo‘lga olingan ikki isroillik askar – harbiy jinoyat ishi yuzasidan tergov boshlandi'ning rasmi

Belgiyaning Bom shahrida bo‘lib o‘tgan dunyoga mashhur “Tomorrowland” musiqa festivali davomida ikki nafar Isroil askari federatsiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Bu voqea xalqaro maydonda G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar uchun javobgarlik masalasiga yangicha e’tibor qaratdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar harakatini Hind Rajab Foundation va Global Legal Action Network (GLAN) tomonidan taqdim etilgan shoshilinch yuridik shikoyat asosida amalga oshirdi. Shikoyatda aytilishicha, qo‘lga olingan harbiylar insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar va hattoki genotsidda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

Huquqiy hujjatlarga ko‘ra, Isroil askarlari G‘azodagi harbiy amaliyotlar vaqtida tinch aholi yashaydigan hududlarga nishonlanmagan hujumlar, majburiy ko‘chirishlar, muhim infratuzilmalarni ataylab yo‘q qilish hamda ochlikni urush quroli sifatida qo‘llashda bevosita ishtirok etgan.

Tergov organlari qo‘lida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va video materiallar mavjud. Ular orasida ushbu askarlarning G‘azodagi fuqaro uylarini vayron qilishdagi ishtiroki aks etgan tasvirlar ham bor.

Ayni damda Belgiya hukumati bu ish yuzasidan xalqaro huquq doirasida tergovni davom ettirmoqda. Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham Isroil harbiylarining yurish-turishlariga nisbatan monitoring kuchaytirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar