Toshkent shahar Sergeli tumanidagi shifoxonada tibbiy ko‘rik vaqti bemoriga shahvoniy shilqimlik qilgan shifokorga chora ko‘rildi. Bu haqda Oliy sud “darakchi.uz"ga xabar berdi.
Sud hujjatida keltirilishicha, 17 iyul kuni soat 19:00 larda Sergeli tumanida joylashgan mazkur muassasada ishlovchi Z.E. bemor S.A.ni ko‘rikdan o‘tkazish bahonasida uning xonasiga kirib, ko‘kraklaridan ushlagan va o‘pib shahvoniy shilqimlik harakatlari sodir etgan.
Bemor ichki ishlar organlariga murojaat qilganidan so‘ng holat bo‘yicha sud majlisi o‘tkazildi. Shifokor qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan, bemordan va uning onasidan uzr so‘raganini ta’kidlagan.
Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topdi va unga shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.