AsosiyDunyo

Yevroittifoq Ukrainaga 100 milliard yevro ajratadimi?

Ushbu mablag‘ grantlar va kreditlardan iborat bo‘ladi.

'Yevroittifoq Ukrainaga 100 milliard yevro ajratadimi?'ning rasmi

2028–2034 yillarga mo‘ljallangan Yevroittifoq budjetida Ukrainaga alohida yordam fondi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Uning umumiy hajmi 100 milliard yevroni tashkil etishi mumkin.

Yevrokomissiya taklif qilgan budjet loyihasiga ko‘ra, ushbu mablag‘ grantlar va kreditlardan iborat bo‘ladi. Grantlar YEI budjetidan to‘lanadi, kreditlar esa Ukrainaning zimmasiga yuklanadi.

“Agar Ukraina qarzlarni qaytara olmasa, YEI budjeti bu majburiyatni qoplashga majbur bo‘ladi” deydi Yevroittifoq rasmiysi.

Shu bilan birga, grant va kreditlar nisbati hali aniq emas. Bu masala Yevroparlament va Yevroittifoq Kengashi bilan muzokaralar davomida hal qilinadi.

Mutaxassislar fikricha, Ukrainaga beriladigan yordamda grantlar ulushi oshishi mumkin, chunki mamlakatda allaqachon katta tashqi qarz mavjud.

Bundan tashqari, ajratiladigan 100 milliard yevro miqdori ham o‘zgarishi mumkin. Avvalgi tajribaga ko‘ra, tashqi siyosatga oid budjetlar ko‘pincha qisqartirilgan. Muzokaralar esa bir necha yilga cho‘zilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar