AsosiyJamiyat

Bo‘stonliqdagi yong‘inni o‘chirishga 6 soatdan ko‘proq vaqt ketdi

Yong‘in soat 11:30 da qurshab olingan. 17:57 da to‘liq bartaraf etilgan.

'Bo‘stonliqdagi yong‘inni o‘chirishga 6 soatdan ko‘proq vaqt ketdi'ning rasmi

Bugun, 24 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi 2 gektar yer maydonida kuchli yong‘in yuzaga kelganligi haqida xabar bergan edik. 11:16 da boshlangan yong‘in 17:57 da o‘chirildi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.  

Ma’lum qilinishicha, 11:16 da Toshkent viloyati FVBga, Bo‘stonliq tumani “Xo‘jakent” MFY tog‘li hududida tahminan 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga 11:30 da yetib borishgan.

Yong‘inni o‘chirish tadbirlariga Mudofaa vazirligiga qarashli Airbus Helisopters H215M va Airbus Helisopters H215 vertolyotlari jalb qilingan. Harbiy vertolyotlar suv tashish uchun mo‘ljallangan maxsus chelak (Bambi Bucket)da suv olib, yong‘inni bartaraf etishda yordam bergan.

    Boshqa yangiliklar