Vladimir Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshlarini oshirish uchun Yevropa ittifoqidan moliyaviy yordam so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg Zelenskiyning jurnalistlar bilan suhbat chog‘idagi bayonotiga tayanib yozmoqda.
“Avvalroq, yevropaliklar harbiy xizmatchilarimiz maoshlarini moliyalashtirishni rad etishgan, faqat qurollar uchun mablag‘ ajratishgan. Bizning harbiy xizmatchilarimizning o‘zi hammani himoya qiladigan qurol bo‘la oladi”, deya Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Bloomberg agentligi.
Zelenskiy moliyaviy masalani allaqachon Ursula fon der Lyayen, Mark Ryutte, Emmanuel Makron, Kir Starmer va AQSH vakillari bilan muhokama qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, gap shunchaki qo‘llab-quvvatlash haqida emas, balki umumiy xavfsizlikka yo‘naltirilgan sarmoya haqida bormoqda.