AsosiyJamiyat

Kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarga uy-joy ta’miri uchun 20,6 mln so‘mgacha pul ajratiladi

Shuningdek, turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning bir qismi ham qoplab beriladi.

'Kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarga uy-joy ta’miri uchun 20,6 mln so‘mgacha pul ajratiladi'ning rasmi

O‘zbekistonda kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarga uy-joy ta’miri uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorida pul ajratiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 26 iyuldan kuchga kirgan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi. Qaror bilan “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Unga ko‘ra, kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarning hamda oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha bo‘lgan oilalarning uy-joyi holati sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqiladi.

Har bir uy-joyni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlarni (xizmat va ishlarni) yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan BHMning 50 baravarigacha miqdorida o‘tkazib beriladi. 1 avgustdan BHM 412 ming so‘mni tashkil etish hisobga olinsa, bu miqdor 20,6 mln so‘m bo‘ladi.

Sektorlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari bilan birgalikda mablag‘ ajratilgan vaqtdan boshlab ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.

Shuningdek, kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50 foizi, lekin ko‘pi bilan BHMning 2 baravarigacha, Toshkent, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:35

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:29

    '"Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    "Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?

    Farg'ona viloyati IIBB rasmiy ma'lumot berdi.

    'Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi

    "Global terrorizm indeksi"ga ko'ra, O'zbekiston 90-pog'onani egalladi.

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.