AsosiyDunyo

Erdo‘g‘on: “Yashil vatan”ni asrashimiz uchun 132 ming ko‘ngilli, minglab texnika safarbar qilingan

Turkiya Prezidenti mamlakatda davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari yuzasidan bayonot berdi.

'Erdo‘g‘on: “Yashil vatan”ni asrashimiz uchun 132 ming ko‘ngilli, minglab texnika safarbar qilingan'ning rasmi

Turkiya Prezidenti Rajab Toib Erdo‘g‘on mamlakatda davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, “Yashil Vatan” asrash uchun 27 ta samolyot, 105 ta vertolyot, 6 mingga yaqin yer usti texnikasi va 25 ming o‘rmon xodimi safarbar etilgan. Bundan tashqari, 132 ming ko‘ngilli yong‘inlarga qarshi kurashda ishtirok etmoqda.

“Yoz mavsumi boshidan buyon mamlakatimizda 3 ming 62 ta yong‘in to‘liq bartaraf etildi”, – dedi Erdo‘g‘on o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali e’lon qilgan bayonotida. U, shuningdek, ayni paytda Turkiyaning bir necha hududida davom etayotgan yong‘inlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom etayotganini ta’kidladi.

“Tarım va O‘rmon Vazirligimiz boshchiligida barcha tegishli idoralar, AFAD (Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi) koordinatsiyasida, yuqori darajadagi hushyorlik, fidoyilik va mas’uliyat bilan harakat qilmoqda”, — deydi Erdo‘g‘on.

Prezident, yong‘inlar vaqtida halok bo‘lganlar haqida ham to‘xtaldi: “Yong‘inlarga qarshi kurashda jonini fido qilgan qahramonlarimizga Allohdan rahmat tilayman. Ularning ruhi shod bo‘lsin”, — deya yakunladi Erdo‘g‘on.

So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishlari fonida Turkiyada yozgi mavsum yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda holatlarga boy bo‘lmoqda. Mutaxassislar mamlakat janubidagi o‘rmonlar har yil yanada xavfli holatga kelayotganini ogohlantirib kelishmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Toshshahartrans” sobiq rahbari qamalganidan yarim yil o‘tib ozod etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:23

    “Toshshahartrans” sobiq rahbari qamalganidan yarim yil o‘tib ozod etildi

    Jinoyat kodeksining yetti moddasi bo‘yicha ayblangan Anvar Jo‘rayevga nisbatan sud jazoni yengillashtirdi

    'Turkiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:39

    Turkiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

    Iyun oyidan buyon mamlakat bo‘ylab chiqayotgan o‘rmon yong‘inlari bo‘yicha olib borilayotgan tergovlar doirasida 21 kishi qamoqqa olingan.

    'G‘azoda to‘yib ovqatlanmaslik darajasi xavfli bosqichga yetdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:15

    G‘azoda to‘yib ovqatlanmaslik darajasi xavfli bosqichga yetdi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hududda yuzlab odamlar ochlikdan nobud bo‘layotganini bildirdi.

    'Google Turkiyada ro‘y bergan zilzilada 10 million foydalanuvchini ogohlantira olmadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:02

    Google Turkiyada ro‘y bergan zilzilada 10 million foydalanuvchini ogohlantira olmadi

    Texnogigant zilzila kuchini noto‘g‘ri baholagani sababli ogohlantirish tizimi ishlamagan.

    'Yevropa Ittifoqi va AQSH yangi savdo bitimi tuzdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:49

    Yevropa Ittifoqi va AQSH yangi savdo bitimi tuzdi

    Tramp va Ursula fon der Shotlandiyada kelishuvga erishdi, taraflar kelishuvni "katta yutuq" deb atadi.

    'AQSHda moliyaviy inqiroz sababli odamlar jonivorlarini saqlayolmayapti'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:41

    AQSHda moliyaviy inqiroz sababli odamlar jonivorlarini saqlayolmayapti

    Mutaxassislar buni yurakni ezuvchi iqtisodiy ko‘rsatkich deb atamoqda.