AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi va AQSH yangi savdo bitimi tuzdi

Tramp va Ursula fon der Shotlandiyada kelishuvga erishdi, taraflar kelishuvni "katta yutuq" deb atadi.

'Yevropa Ittifoqi va AQSH yangi savdo bitimi tuzdi'ning rasmi

AQSH va Yevropa Ittifoqi uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng yangi savdo bitimiga erishdi. Donalmd Tramp va Ursula fon der Leyen Shotlandiyadagi Turnberri golf kurortida o‘tgan uchrashuvda AQSHning Yevropa mahsulotlariga 15 foiz miqdorida boj joriy etishini kelishib oldi.

Bu Tramp tahdid qilgan 30 foiz import boji o‘rniga qo‘llaniladi. Ayrim mahsulotlarga, jumladan, samolyot qismlari, kimyoviy modda va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga boj undirilmaydi.

Bitim doirasida Yevropa AQSH energetikasiga 750 milliard dollar sarmoya kiritishi, shuningdek, Amerika harbiy texnikalariga 600 milliard dollar ajratishi rejalashtirilgan.

Bu Yevropa energetika mustaqilligini kuchaytirishga xizmat qilishi aytilmoqda. Tramp ushbu kelishuvni "barchaga foydali" deb atadi, Ursula fon der esa uni "muvaffaqiyatli diplomatik yutuq" deya ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar