AsosiyDunyo

Tokayev Erdo‘g‘anga nega minnatdorchilik bildirdi?

Qozog‘iston yetakchisi Erdo‘g‘anning shaxsan aeroportga kelib kutib olganini alohida qadrladi.

'Tokayev Erdo‘g‘anga nega minnatdorchilik bildirdi?'ning rasmi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Turkiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi. U Erdo‘g‘anning shaxsan aeroportga kelib kutib olganini alohida qadrladi.

“Mehmondo‘stligingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Meni aeroportda kutib olganingiz katta sharaf. Davlatlarimiz o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘q. Bizni faqat do‘stlik emas, balki samarali hamkorlik ham bog‘lab turibdi. Ertaga muhim muzokaralar bo‘lib o‘tadi”, — deydi Tokayev.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 29 iyul kuni ikki davlat rahbarlari Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

    Boshqa yangiliklar