AsosiyDunyo

Qozog‘iston Rossiyaga Volga bo‘yicha yangi hamkorlikni taklif qildi

Qozog‘iston Kaspiy dengizi suv sathining tarixiy darajada pasayishi ortidan Rossiyaga yangi tashabbus bilan chiqdi.

'Qozog‘iston Rossiyaga Volga bo‘yicha yangi hamkorlikni taklif qildi'ning rasmi

Mamlakat vitse-premyeri Bolat Bekniyazning soʻzlariga koʻra, Volga daryosini birgalikda boshqarish uchun alohida ishchi guruh tuzish taklif etilmoqda. 

Kaspiy dengizi suvining 80%i aynan Volga orqali kirib keladi. Biroq bu daryo, Ural (Jayiq) kabi rasman transchegaraviy hisoblanmaydi va shu bois u boʻyicha hech qanday kelishuvlar mavjud emas.

Agar suv sathining pasayishi davom etsa, bu nafaqat Qozogʻiston va Rossiya, balki butun Markaziy Osiyoda suv xavfsizligiga tahdid soladi. Ayniqsa:

Qozogʻistonning Atirau va Mangʻistau hududlari;

Turkmanistonning Kaspiy sohilidagi infratuzilmalari;

Oʻzbekistonning Amudaryo orqali kosviy bogʻliq manfaatlari.

Eslatib oʻtamiz, Volga daryosi Rossiyaning Astraxan shahri yaqinida Kaspiyga quyiladi.

    Boshqa yangiliklar