Isroil harbiylari Gʻazo sektoriga havodan insonparvarlik yordami yetkazishda davom etmoqda.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Shanba kuni siyosiy rahbariyatning koʻrsatmalariga muvofiq va Isroil, BAA, Iordaniya, Misr, Frantsiya va Germaniya oʻrtasidagi hamkorlik doirasida Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordamini koʻpaytirishga qaratilgan bir qator harakatlarni davom ettirdi. Soʻnggi bir necha soat ichida beshta davlat Gʻazo janubi va shimoliy aholisiga havo orqali 90 gumanitar paket ozik-ovqat yetkazib berdi", deyiladi bayonotda.
Isroil armiyasi Gʻazo sektorida insonparvarlik yordami bilan bogʻliq vaziyatni yaxshilash boʻyicha xalqaro hamjamiyat bilan ishlashda davom etadi, shuningdek, Gʻazo sektorida qasdan ocharchilik haqidagi yolgʻon daʼvolarni rad etadi, deya taʼkidladi vazirlik.