AsosiyDunyo

Rossiya Donetsk aeroportini hujumchi dronlar uchun tayyorlamoqda — ISW

Shahed va "Gerbera" dronlari frontga yaqin joydan uchiriladi.

'Rossiya Donetsk aeroportini hujumchi dronlar uchun tayyorlamoqda — ISW'ning rasmi

Amerikalik ISW (Urushni oʻrganish instituti) maʼlumotiga koʻra, Rossiya Donetskdagi aeroportni Ukraina hududlariga hujum uyushtiruvchi dronlar bazasiga aylantirmoqda.

Ukraina OSINT loyihasi “Kiberboroshno” tahliliga tayanib, ISW aeroportda uchish-qoʻnish yoʻlagi tozalanib, dron operatorlari uchun boshqaruv nuqtalari va maxsus omborlar qurilayotganini bildiradi.

Analitiklar bu yerda Shahid tipidagi zarba beruvchi dronlar va “Gerbera” deb ataluvchi chalgʻituvchi dronlar uchirilishini taxmin qilmoqda.

Dronlarning frontga yaqin hududdan uchirilishi Ukraina havo mudofaasining javob vaqtini qisqartiradi va, ISW qayd etishicha, bu Yevropa va NATO mamlakatlariga ham xavfni kuchaytirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar