Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi xususiy geologik korxona rahbari o‘zini ilgari To‘g‘-kon’ san’ati va geologiya vazirligida mas’ul lavozimda ishlaganini aytib, fuqarolarning ishonchiga kirgan. U qo‘lida go‘yoki Samarqand va Jizzax viloyatlarida joylashgan oltin konlari haqidagi “maxfiy geologik xarita va suratlar” borligini ta’kidlab, ushbu ma’lumotlarni 25 ming AQSh dollariga sotishni taklif qiladi.
DHXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u kelishilgan puldan 10 ming dollarni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Ekspert xulosasiga ko‘ra, u taqdim etgan ma’lumotlarning hech biri maxfiy emasligi aniqlandi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida ham xuddi shunday firibgarlik holati qayd etildi. “O‘ztransgaz” tarkibidagi “Muborak magistral gaz quvurlari” boshqarmasi xodimi bo‘lgan Shahrisabz GTS operatori o‘zining yuqori lavozimdagi tanishlari orqali “O‘ztransgaz” tizimidagi tashkilotlardan biriga ishga joylashtirishni va’da qilgan. U nazoratchi lavozimi evaziga fuqarodan 4 ming AQSh dollari talab qiladi.
DHXning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda u pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari ko‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.