AsosiyJamiyat

"Oʻqishga kiritib qoʻyish va oʻqishdan koʻchirish bahonasida pulini yoʻqotganlar aniqlandi"

Andijon va Qashqadaryoda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida ta’lim sohasidagi firibgarlik holatlari fosh etildi.

'"Oʻqishga kiritib qoʻyish va oʻqishdan koʻchirish bahonasida pulini yoʻqotganlar aniqlandi"'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, Paxtaobod tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda avval sudlangan O.X. va uning sherigi T.K. fuqaro B.M.ni aldab, uning turmush o‘rtog‘ini Qirg‘izistondan Andijon davlat universitetiga o‘tkazib berish bahonasida 2 500 dollar va 9,6 million so‘mni o‘zlashtirgan. Hozirda usbu mablag‘dan 700 dollar qaytarilib, tegishli rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida ham shubhali holat qayd etildi. Fuqaro N.G. qo‘shni Qozog‘istondagi oliygohda o‘qigani haqida soxta hujjat tayyorlab, Qarshidagi xususiy universitetga qabul qilish va’dasi bilan Q.J.dan 1 000 dollar olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari — 168-modda (firibgarlik) va 28, 211-modda (pora berish) asosida jinoyat ishi ko‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistonda oltin zahirasi 48,74 mlrd dollarni tashkil qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:24

    Oʻzbekistonda oltin zahirasi 48,74 mlrd dollarni tashkil qildi

    Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 193,7 million dollarga (0,4 foizga) ko‘p.

    'Alisher Qodirov yana tilga kirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:58

    Alisher Qodirov yana tilga kirdi

    Bu gal uning nishonida Jennifer Lopez.

    '14 yildan beri aliment to‘lamagan otadan 128 million so‘m undirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:50

    14 yildan beri aliment to‘lamagan otadan 128 million so‘m undirildi

    Holat bo‘yicha Buxoro viloyati, Vobkent tumanida yashovchi ayol Bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan.

    'Qaysi viloyatda eng ko‘p to‘y bo‘ldi?'ning rasmi

    Jamiyat 07.08.2025 21:20

    Qaysi viloyatda eng ko‘p to‘y bo‘ldi?

    Joriy yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha 95,3 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

    'Toshkentdagi koʻp qavatli uy alanga ichida qoldi'ning rasmi

    Jamiyat 07.08.2025 17:59

    Toshkentdagi koʻp qavatli uy alanga ichida qoldi

    Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 16:17 da yetib borib, yong‘in 16:37 da o‘chirilgan.

    '"Oʻzbekistonda haydovchilar 7 oyda qancha daromad qildi?"'ning rasmi

    Jamiyat 07.08.2025 17:42

    "Oʻzbekistonda haydovchilar 7 oyda qancha daromad qildi?"

    "Taksi" qilish uchun eng ommabop mashina Cobalt bo‘lgan.