Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi turistik hududlaridan birida osma ko‘prik uzilib ketdi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 6 avgust kuni Ili shahrida yuz bergan. Osma arqonlaridan biri uzilishi oqibatida ko‘prik qiyishib, odamlar suvga quilib tushgan. Oqibatda 24 kishi jarohat olgan bo‘lib, jami 29 kishi ko‘prikdan yiqilgan.
Ularning 22 nafari yengil, 2 nafari esa og‘ir ahvolda, 5 kishi vafot etgan. Jarohat olganlar mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda jarohatlanganlarga kerakli yordamlar ko‘rsatilibdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda uzilgan osma ko‘prikning bir tomonga qiyishib qolganini ko‘rish mumkin. Uzilish paytida ko‘prikda qolgan odamlar yon to‘rdan ushlab, narigi tomonga o‘tishga uringan. Kadrlarda ko‘prik ostida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilayotgani ham aks etgan.
Ma’lumot uchun, Xitoyda chivinlar orqali yuqadigan chikungunya virusi keng tarqalmoqda. Mamlakatda allaqachon 7 mingdan ortiq kishi kasallikka chalangan. Hukumat hasharotlarga qarshi kurashish uchun dorilar sepmoqda va dronlarni ishga solmoqda.