O‘zbekistonda 2025 yil iyul oyi yakuniga ko‘ra oltin-valyuta zahira miqdori e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumot berdi.
Bildirilishicha, oltin-valyuta zaxiralari miqdori 2025 yil iyul oyi yakuniga ko‘ra 48,74 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan oyga nisbatan 0,4% ga ko‘p bo‘lib, 193,7 million dollar.
Yil boshidan buyon mamlakating oltin-valyuta zaxiralari 7,56 milliard dollarga (18,4 foizga) o‘sdi.
Ma’lumot uchun, iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi. 2025 yil iyun oyida dunyo markaziy banklari jami 22 tonna oltin sotib olgan.