AsosiyJamiyat

"Uch qahramon" bozoridagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi ko‘zgatildi

Toshkent tumanida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida bozor hududining 40 foizi zarar ko‘rdi, hodisa yuzasidan tergov boshlandi.

'"Uch qahramon" bozoridagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi ko‘zgatildi'ning rasmi

Kecha, 11 avgust kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan "Uch qahramon" bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tezkor choralar bilan cheklab qo‘yilib, 12 ming kvadrat metr maydondagi do‘konlar saqlab qolingan. Bozorning umumiy 20 ming kvadrat metrlik hududidan 40 foizi zarar ko‘rgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in sabablari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-modda 2-qismi "b" bandi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi ko‘zgatildi.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosa e‘lon qilinishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar