AsosiyJamiyat

O‘zbekistonliklar asosan necha yoshdan oila qurishayotgani ma’lum bo‘ldi

2025 yilning yanvar-iyun oylarida FHYO organlarida respublika bo‘yicha 95 275 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

'O‘zbekistonliklar asosan necha yoshdan oila qurishayotgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

Oʻzbekistonliklar asosan necha yoshdan oila qurayotgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida FHYeO organlarida respublika boʻyicha 95 275 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Qayd etilgan nikohlarda erkaklar 20 yoshgacha – 1,4 %, 20-30 yosh – 79,3 %, 31-40 yosh – 13,2 %, 41 yosh va undan kattalar – 6,1 % ni tashkil qilgan. Ayollar esa 20 yoshgacha – 34,0 %, 20-30 yosh – 54,2 %, 31-40 yosh – 9,1 %, 41 yosh va undan kattalar – 2,7 % dan iborat.

    Boshqa yangiliklar