AsosiyDunyo

"Gen Z Stare" — yoshlar nigohidagi sirli trend ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi

TikTok va Instagram’da millionlab ko‘rishlar yig‘ayotgan videolarda yangi trend — "Gen Z Stare" muhokama markazida.

'"Gen Z Stare" — yoshlar nigohidagi sirli trend ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi'ning rasmi

“Gen Z Stare” 1997–2012-yillarda tug‘ilgan avlodning uzoq, bo‘sh va hissiz nigohi bo‘lib, ayniqsa umumiy ovqatlanish joylarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Aytilishicha, restoran yoki kafeda nafaqat ofitsiant va baristalar, balki yosh mijozlar ham bir-biriga “men senga qarayapman, lekin hech nima demayman” degandek tikilib turadi.

Nemis nashrlari bu trendga hatto yulduzlar misolidan ham e’tibor qaratdi: Jenna Ortega va Lili-Rouz Deppning qizil gilamdagi befaroq ifodalari “Gen Z Stare”ga yorqin namunadir.

Blogerlarning izohi esa turli: kimdir buni qo‘pol mijozlarga javobsiz reaktsiyaga yo‘ymaslik bilan bog‘lasa, boshqalar pandemiya davrida yoshlar ijtimoiy ko‘nikmalardan ajralgani sabab deydi.

Lekin bir narsani inkor qilib bo‘lmaydi — bu nigoh trend bo‘lib, odamlarni hayratga solmoqda.

    Boshqa yangiliklar